Tenglamaning ildizlari yotgan intervalni algoritmik usulda aniqlash

Aytaylik bizga 5sin(x)-x2=-3. Funksiyaning ildizlarini ma’lum darajada katta qilib olingan \(x∈[A;B]\) kesmada h qadam bilan izlashni quyidagicha amalga oshiramiz.
1. Matematik tavsif:
1. A, V va h miqdorlarning son qiymatlari tanlanadi; 2. funksiyaning “A” nuqtadagi qiymatini hisoblaymiz, ya'ni y=f(A);
3. Argumentning qiymati A dan V gacha h qadam bilan o‘zgarishini ta’minlovchi takrorlanish tashkil qilinadi;
4. Funksiyaning “x” argumentiga mos keluvchi nuqtadagi qiymatini hisoblaymiz, ya'ni z=f(x);
5. Funksiyaning qiymatini nolga tenglik shartini, tanlangan \(ξ\) aniqlik bo‘yicha tekshiramiz, agar \(|z|≤ξ\) bo‘lsa argumentni qiymatini aniq yechim deb bosib chiqariladi va 8 bandga o‘tiladi, aks holda hisoblashlar keyingi banddan davom ettiriladi;
6. Funksiyaning “x” o‘qini kesib o‘tishi shartini tekshiramiz.
Agar \(y*z>0\) bo‘lsa hisoblashlar davom ettiriladi, yani 8 bandga o‘tiladi, aks holda keyingi banddan davom ettiriladi;
7. Funksiyaning “x” o‘qini kesib o‘tish nuqtalarini hamda funksiyaning qiymatlari monitorga chiqariladi;
8. Funksiyaning ishorasi o‘zgargan holatga mos keluvchi qiymati keyingi hisoblashlar uchun o‘zlashtirib olinadi, ya'ni y=z;
9. Takrorlanishlar davom ettiriladi.